Қисқа сатрларда

Ҳамюртимиз «Тарих эътирофи» миллий мукофоти соҳиби бўлди

Хитой пойтахтида Наманган вилояти ваколатхонаси очилди

Марказ учун янги бино топширилди

Фаровон ҳаёт ва ривожланиш асоси

Наманганда фаол тиббиётчилар рағбатлантирилди

23 December, 2024, 09:27

Жамият

FARZANDLARIMIZ – KELAJAGIMIZ MEVALARI

  • 26.Июня.2021
  • 1167

Mamlakatning gullab-yashnashi hamda jamiyatning rivojlanishiga, eng avvalo, sog‘lom va baxtli oilalar asos bo‘ladi. Bu esa xalqimizning azaliy va ezgu orzusidir. Ushbu ulug‘ maqsadning asosiy harakatlantiruvchi omili barkamol shaxs tarbiyasi bilan bog‘liq.

Har bir inson uchun uni va oilasining salomatligi bebaho boylik hisoblanadi. Bizning go‘zal va betakror, jannatmakon yurtimizda esa inson omili va uning manfaatlarini himoya etish davlatimiz siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylangan. Mamlakatimizda sog‘lom va barkamol avlod tarbiyasi, onalik va bolalikni muhofaza etish borasida amalga oshirilayotgan ezgu ishlarimiz dunyo hamjamiyati tomonidan e’tirof etilmoqda. Yurtimizda tizimli va muntazam ravishda o‘sib kelayotgan yosh avlodni jismonan sog‘lom hamda ma’nan barkamol bo‘lib voyaga yetishi uchun hukumatimiz g‘amxo‘rlik ko‘rsatmoqda.

Sog‘lom bola tug‘ilishi masalasiga ahil oila mevasi sifatida qarash zarur. Oila – bu hayot manguligini ta’minlovchi yetakchi va yagona kuch. U muqaddas o‘choqdir. Chunki, har bir odam o‘zining sog‘lom oilasi bag‘rida barkamol voyaga yetadi. Uning insoniyat rivojlanishidagi o‘ziga xos o‘rnini allaqachon jahon hamjamiyati tan olgan.

Bugungi kunda ona va bola salomatligini saqlash eng muhim ustuvor yoʻnalishlardan hisoblanadi. Mamlakatimizda ushbu soha bo‘yicha tasdiqlangan farmon va qarorlar ijrosini ta'minlash yuzasidan koʻplab amaliy ishlar olib borilmoqda. Afsuski, keyingi paytlarda sodir bo‘layotgan chaqaloqlar oʻlimi bilan bogʻliq hodisalar tez-tez takrorlanib turishi kishi koʻnglini vayron qilishi tabiiy.
Bunga asosiy sabablardan biri esa ona qornidagi homila gipoksiyasi hisoblanadi.
Shuning uchun ham ayol homilador boʻlishi bilan unga mehr-e’tibor va yahshi parvarish lozim. Shunda farzandlarimiz sogʻlom, kelajagimiz buyuk va qudratli boʻladi.

Yana bolalar va homilador ayollarga xizmat ko‘rsatuvchi tibbiy muassasalarning moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga ko‘maklashish, bemor bolalarni yurtimizda va xorijda davolanishlari uchun sharoit yaratish mamlakatimizning eng olis go‘shalaridagi fuqarolar sog‘lig‘ini asrashda muhim o‘rin tutmoqda.

Xulosa qilib shuni aytish joizki, O‘zbekistonda sog‘lom va baxtli hamda farovon oilalar soni qancha ko‘p bo‘lsa, ular davlatimizning buguni, ertasi va porloq kelajagi uchun sidqidildan xizmat qiluvchi vatanparvar farzandlarni tarbiyalab voyaga yetkazadi.

Shohista UMAROVA,

Gulsora AHMADJONOVA

Kosonsoy tumani Abu Ali Ibn Sino nomidagi jamoat salomatlik texnikumi pediatriya fani oʻqituvchilari

Энг кўп ўқилганлар

Календарь